"Bavariya" Keyn o‘rniga hech kim tanimaydigan futbolchini olib keladi
Braziliyaning «Kruzeiro» klubi hujumchisi Kayo Jorje yaqin vaqtlarda Germaniya Bundesligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur ma'lumot bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yosh forvardga Leverkuzenning «Bayer» jamoasi hamda myunxenlik «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirgan. Xabar qilinishicha, «Bavariya» Kayo Jorjeni Garri Keynga ehtimoliy almashuv varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchi atrofidagi raqobat faqat shu klublar bilan cheklanib qolmagan. Unga «Milan», «Benfika», «Fiorentina» va «Aston Villa» singari jamoalar ham nazar solayotgani aytilmoqda. Braziliyaliklar esa hujumchini sotish orqali 40–45 million yevro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.
Kayo Jorje joriy mavsum Braziliya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi hisobiga yetti gol qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar