"Bavariya" Keyning kelajagi bo‘yicha bayonot berdi
"Bavariya" kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xaynts Rummenigge hujumchi Xarri Keyning kelajagi haqida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
“Ma’lumki, Keyning shartnomasida tovon puli bandi mavjud edi. U bu bandni faollashtirmadi va aniq tarzda Myunxenda qolishini bildirgan. Endi sport boshqaruvi mavsum yakunidan keyin u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi”, — dedi Rummenigge T-Online nashriga.
Ma’lumot uchun, Vensan Kompani qo‘l ostida jamoa Chempionlar ligasi doirasida PSJga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00’da start oladi.

Fikrlar