“Bavariya”: Levandovski “ahmoqlik” qilib qo‘ymasin!
“Bavariya” rahbariyati tez orada Robert Levandovskini sotib yuborishga qaror qildi, dab xabar bermoqda Bild nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Myunxen klubi mutasaddilari hujumchining yakunlanishiga bir yil qolgan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishidan cho‘chimoqda. FIFA nizomida futbolchi 28 yoshdan o‘tgan bo‘lsa, uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkinligi haqida band bor.
Agar Levandovski ushbu banddan foydalansa, oxirgi mavsum uchun belgilangan 24 million evrodan iborat maoshni shartnomani bekor qilgani uchun klubga badal sifatida to‘lab berishi talab etiladi.
Polshalik hujumchining o‘zi klub unga hurmatsizlik qilgani uchun ketishga qaror qilgani haqida bir necha marotaba gapirdi.
Fikrlar