"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar

"Bavariya" vingeri Leroy Sane jarohatidan tiklanmoqda. 24 yoshli futbolchi sentyabr oyida jarohat olgan va shu bois Germaniya terma jamoasi yig‘iniga bormagan edi.

"Kicker" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Sane kechadan klub bazasida yugirish mashqlarini boshlab yuborgan. U joriy mavsum myunxenliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!