"Bavariya" Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 10 iyul, 2021, 12:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eyndxovenning PSV klubi hujumkor yarim himoyachisi Kodi Gakpo “Bavariya”ning e’tibor markaziga tushdi.

ED.nl tarqatgan xabarga qaraganda, myunxenliklar 22 yoshli Niderlandiya terma jamoasi debyutantining transferi masalasida PSVga so‘rov yuborishgan. Ammo Gakponing o‘zi yana bir mavsum PSVda qolishni xohlamoqda. Klub ham bunga rozi.

Bundan avvalroq “Lill” Gakpo uchun 15 milliondan 20 million evrogacha to‘lashga tayyor ekani haqida ma’lum qilingan edi. Biroq eyndxovenliklarni bu taklif qoniqtirmagan.

PSV o‘tgan yoz Gakponi “Marsel” va “Gerta”ga 20 million evroga sotishga rozi bo‘lmagan edi.

Kodi Gakpo o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 23 ta o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning PSV bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!