«Bavariya»ning muhim oʻyinchisining ahvoli haqida maʼlumot berildi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa yarimhimoyachisi Aleksandr Pavlovichning sog‘liq holati yuzasidan berilgan savolga javob berdi. Futbolchi Chempionlar ligasida «Viking»ga qarshi kechgan (3:3) o‘yinni mayda jarohat va noqulaylik sabab o‘tkazib yuborgan edi.
— Kecha u jamoa bilan birga odatdagi tartibda mashg‘ulot o‘tkazdi. Agar bugun ham xuddi shunday davom etsa, demak, hammasi joyida, — deya Kompani so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany nashri.
Joriy mavsumda Pavlovich barcha musobaqalar doirasida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va ikki marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
17 oktyabr kuni «Bavariya» Germaniya chempionati oltinchi turi doirasida o‘z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qiladi.

Fikrlar