"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirdi

  • 03.02.2025 21:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Tajribali darvozabon Manuel Noyer "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Darvozabonning myunxenliklar bilan avvalgi shartnomasi joriy mavsumi yakuniga qadar mo‘ljallangan edi. Ta’kidlash joizki, 2026 yilning yozida Noyer 40 yoshga to‘ladi. "Bavariya"da jahon futbolining eng mashhur darvozabonlaridan biri 2011 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2024 yilda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!