“Bavariya” Noyer o‘rniga Angliyaning eng kuchli darvozabonini olib keladi

  • 06.10.2026 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» 2027 yilda «Everton»ning 32 yoshli darvozaboni Jordan Pikfordni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Germaniya grandi ingliz darvozabonini 40 yoshli Manuel Noyerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqida Give Me Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Bavariya»ning transfer ro‘yxatida Pikford «Brayton» darvozaboni Bart Verbryuggendan ustun qo‘yilgan.

Joriy mavsumda Pikford barcha turnirlarda yettita o‘yinda ishtirok etdi va ularning beshtasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqladi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Pikfordning bozor qiymati 13 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!