“Bavariya” Olisega shubha bilan qarayapti
“Bavariya” hujumchisi Maykl Olise oʻz xizmatlariga bir nechta klublar qiziqayotganini biladi va shu sababli jahon chempionatidan keyin klub rahbariyati bilan kelajagini muhokama qilmoqchi. Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, “Bavariya” rahbariyati Olise klub bilan uchrashmoqchi ekanini tushunadi. Biroq myunxenliklar futbolchi soʻnggi haftalarda koʻp muhokama qilingan boshqa takliflarga qiziqib qolgan boʻlishi mumkinligidan shubhalanishmoqda.
Taʼkidlanishicha, klub rahbariyati futbolchidan “Bavariya”ga sodiqligini koʻrsatuvchi qandaydir ishora kutgan, ammo hozircha bunday qadam kuzatilmagan. Bu esa klubda katta shubhalarni yuzaga keltirgan.
Avvalroq Madriddning “Real” klubi Maykl Olise bilan hech qanday toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita aloqa boʻlmaganini rasmiy maʼlum qilgan edi.

Fikrlar