"Bavariya" oʻz yulduzi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 29.12.2025 19:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Serj Gnabri "Bavariya" safida qoladigan bo‘ldi. Bu haqida insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda. 

Jurnalistning yozishicha, myunxenliklar vinger bilan amaldagi shartnomani 2028 yilning yozigacha uzaytirgan. Futbolchining eski shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi. 

Ma’lumot uchun, Gnabri 2018 yildan buyon "Bavariya" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida germaniyalik futbolchi 306 ta uchrashuvda maydonga tushib, 98 ta gol va 69 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!