"Bavariya" posboni faoliyatini yakunlaydi

  • 20.11.2025 22:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Sven Ulrayx joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Bayern & Germany akkaunti xabar bermoqda.

Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, tomonlar uni uzaytirmaydi. Manbaga ko‘ra, darvozabon klubda boshqa vazifada qoladi.

Sven Ulrayx "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2015 yildan 2020 yilgacha "Bavariya"da o‘ynagan, shundan so‘ng "Xamburg"ga o‘tgan. 2021 yilda u Myunxen klubiga qaytdi. "Bavariya" tarkibida Ulrayx sakkiz marta Germaniya chempioni bo‘lgan, uchta mamlakat kubogi va oltita milliy Superkubokni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u myunxenliklar bilan Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!