"Bavariya" posboni jarahot sabab safadan chiqdi
Myunxening "Bavariya" klubi o‘zining rasmiy sahifasida jamoa darvozaboni Manuel Noyer jarohat olganini ma’lum qildi.
Manbada berilgan xabarga ko‘ra, 39 yoshli posbonga o‘ng son muskulining uzilishi tashxisi qo‘yilgan. Klub rahbariyati Noyerni qachon safga qaytishini oshkor etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kompani shogirdlari Bundesliga 14 ta uchrashuvda 38 ochko to‘plagan xolda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar