"Bavariya" rahbari: "Oliseni hatto 500 million yevroga ham sotmaymiz"
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati madridliklarning Maykl Olisega bo‘lgan qiziqishiga keskin munosabat bildirdi.
Avvalroq "Real" fransiyalik vinger uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq "Bavariya" bu mablag‘ni yetarli deb hisoblamaydi.
Klubning ismi oshkor etilmagan rahbarlaridan biri L'Equipe nashriga bergan intervyusida bu haqida shunday dedi:
"U hatto 200 million yevroga ham ketmaydi. Olise bahosiz futbolchi. Uni 500 million yevroga ham sotmaymiz. Rostini aytsam, “Real” 150 million yevroga uning hatto bir oyog‘ini ham sotib ola olmasa kerak", — dedi klub vakili.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar