"Bavariya" raqobatda "Barselona"ni "sindirdi"

  • 06.04.2022 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya" "Barselona"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri, "Ayaks" himoyachisi Nusayr Mazrauini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan olib borayotgan muzokaralar yakuniga etmagan, ammo tomonlar kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, Nusayr uchun poygada ishtirok etayotgan “Barsa” o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda. Futbolchining o‘zi har doim Kataloniya klubiga o‘tishga ko‘proq qiziqqan, ammo nemis loyihasi haqiqatdan ham ushbu raqobatda g‘alaba qozonishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, marokashlik futbolchining "Ayaks" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!