"Bavariya" Reşford uchun 30 million yevro toʻlashga tayyor

  • 09.06.2026 13:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reşfordni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini jiddiy koʻrib chiqmoqda.

"Football365" maʼlumotiga koʻra, transfer taqdiri hozircha noaniq boʻlib turibdi va koʻp jihatdan "Barselona"ning qaroriga bogʻliq. Angliyalik futbolchi oʻtgan mavsumni kataloniyaliklar safida ijaraga asosida oʻtkazgan edi.

"Barselona"da Reşfordni 30 million yevro evaziga sotib olish huquqi mavjud. Biroq klub hozircha ushbu imkoniyatdan foydalanish niyatini bildirmagan. Kataloniyaliklar yangi ijara shartnomasi yoki transfer narxini pasaytirish variantlarini ham koʻrib chiqmoqda.

Ispaniya klubining qarori kutilayotgan bir paytda "Manchester Yunayted" boshqa jamoalardan keladigan takliflarni ham koʻrib chiqishga tayyorligini maʼlum qildi.

Bu vaziyatdan "Bavariya" foydalanmoqchi. Myunxenliklar futbolchi uchun soʻralayotgan 30 million yevroni toʻlashga qarshi emas.

Shu bilan birga, ehtimoliy transferdagi asosiy toʻsiq Reşfordning yuqori maoshi boʻlib turibdi. Hozirda u haftasiga 346 ming yevro maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!