“Bavariya” Reşfordga shart qoʻydi

  • 11.06.2026 02:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi yozgi transfer oynasida Markus Rashfordni oʻz safiga qoʻshib olishni maqsad qilgan. TEAMtalk maʼlumotiga koʻra, nemis grandi ingliz futbolchisi uchun taxminan 40 million yevro toʻlashga tayyor.

“Bavariya”ning Reşfordga boʻlgan qiziqishi hujum chizigʻidagi boshqa transfer maqsadlari amalga oshmaganidan soʻng kuchaygan.

Biroq ehtimoliy transfer faqat klublar oʻrtasidagi kelishuvga bogʻliq emas. Manba xabarga koʻra, myunxenliklar futbolchining oʻziga ham bir qator shartlar qoʻygan. Ulardan biri — Reşford “Barselona”ga oʻtish rejasidan voz kechishi kerak. Chunki kataloniyaliklar avvalroq futbolchi uchun ustuvor variant sifatida koʻrilayotgandi.

Shuningdek, ingliz hujumchisi maoshining kamayishiga ham rozi boʻlishi lozim.

Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsumda “Bavariya” Bundesliga va Germaniya Kubogida gʻolib chiqqan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!