“Bavariya”: Shu oʻyinchini olib ketinglar!

  • 07.08.2026 10:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni – Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachi Joau Palinya uchun “Aston Villa” rasmiy taklif bilan chiqishidan umid qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni “Tottenxem”da ijara asosida o‘tkazdi. U Roberto De Dzerbi boshchiligida yaxshi o‘yin namoyish qilib, jamoaning Premyer-ligada jon saqlab qolishiga munosib hissa qo‘shdi.

Biroq “Tottenxem” 31 yoshli futbolchini doimiy ravishda sotib olish huquqidan foydalanmadi. Londonliklar Sandro Tonali va Mateush Fernandes transferini afzal ko‘rdi va amalga oshirdi.

Palinya “Bavariya”ga qaytgach, bosh murabbiy Vensan Kompani rejalariga kirmasligi ma’lum bo‘ldi. U hatto klubning 2026/2027 yildgi mavsum uchun rasmiy asosiy tarkibiga ham kiritilmagan.

Bild jurnalisti Kristian Falkning xabar berishicha, “Bavariya»” mutasaddilari aynan “Aston Villa”dan taklif bo‘lishini katta umid bilan kutmoqda.

Birmingemliklar bu yozda Yoan Manzambi va Joau Gomesni xarid qildi. Ular “Manchester Yunayted”ga o‘tgan Yuri Tilemans hamda og‘ir jarohat olgan Amadu Onananing o‘rnini to‘ldirishi kerak. Shu bilan birga, klub markaziy yarim himoyani yanada kuchaytirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!