“Bavariya” uchrashuvida o‘yin faqat bir tomonga bo‘ldi
Germaniya Bundesligasi 4-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Union” o‘rtasidagi uchrashuv myunxenliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Arena Myunxen” stadionida bosh hakam Benyamin Brand boshqaruvidagi bahsda mezbonlar 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
18-daqiqada “Bavariya” yarim himoyachisi Jamol Musiala hisobni ochdi. 39-daqiqada hujumchi Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, myunxenliklarning ustunligini oshirdi. Bu Keynning Bundesligadagi 100-goli bo‘ldi.
Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, yarim himoyachi Maykl Olise hisobni yiriklashtirdi. 54-daqiqada Harri Keyn dubll qayd etdi. 70-daqiqada “Bavariya” yarim himoyachisi Ismoel Saybari gol urdi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida Maykl Olise yana ikkita to‘p kiritib, xet-trik qayd etdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bundesligada to‘rtta uchrashuvdan so‘ng “Bavariya” 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. “Union” 1 ochko bilan 16-o‘rinda.
Keyingi uchrashuvda “Bavariya” 10 oktyabr kuni safarda “Augsburg”ga qarshi o‘ynaydi. “Union” esa shu kuni o‘z maydonida “El’fersberg”ni qabul qiladi.

Fikrlar