"Bavariya" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi 40 yoshida yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi

  • 29.12.2021 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Paragvayning "Libertada" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali hujumchi Roke Santa Krus bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Hozircha tomonlar o‘rtasidagi shartnoma qancha muddatga imzolangani haqida xabarlar ma’lum qilinmayapti. Aytish kerakki, 40 yoshli paragvaylik futbolchi "Libertada" klubiga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Santa Krus faoliyati davomida "Olimpiya", "Bavariya", "Blekbern", "Manchester Siti", "Betis", "Malaga" va "Krus Asul" klublarida faoliyat olib borgan. Paragvay terma jamoasi safida 112 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!