“Bavariya” voz kechgan forvardni “qarğalar” oladigan bo‘ldi

  • 29.04.2026 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubiga tegishli bo‘lgan va ijarа asosida “Bavariya”da o‘ynayotgan hujumchi Nikolas Jekson yozgi transfer oynasida klubini almashtirishi kutilyapti.

Bu haqida Talksport nashri xabar berdi.

Avvalroq “Bavariya” senegallik forvardning shartnomasini sotib olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Jeksonning o‘yini va ko‘rsatayotgan natijalari myunxenliklarni qoniqtirmadi va ular futbolchini Londonga qaytarib yuboradigan bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Nikolas Jekson atrofidagi vaziyatni “Nyukasl” klubi sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va uning xizmatlariga qiziqish bildiryapti.

Xabarlarga ko‘ra, “qarğalar” tez orada Angliyaga qaytadigan senegallik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Ushbu mavsumda 24 yoshli Jekson barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 40 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!