"Bavariya" xavbekni osonlik bilan qo‘yib yubormoqchi emas
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Tyago Alkantarani jamoada olib qolish uchun barcha ishni amalga oshirishi haqida aytib o‘tdi.
"Sen ma’lum saviyaga etganingdan so‘ng, o‘zing uchun yangi marralar qo‘yasan. Tyagoda ham shunday. U "Barselona" va "Bavariya"da to‘p surdi. Endi esa o‘zini yangi ligada sinab ko‘rmoqchi. Bu normal holat. Men Alkantarani olib qolish uchun barcha ishni amalga oshiraman. U klub rejalariga kiradi", - deydi murabbiy.
Joriy mavsumda Alkantara Bundesliga bahslarida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol kiritdi.

Fikrlar