"Bavariya" yana rad javobini oldi

  • 11 iyul, 2023, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" rahbariyati "Bavariya"ning hujumchi Xarri Keyn bo‘yicha yuborgan ikkinchi taklifini ham rad etdi.

The Times xabariga ko‘ra, London klubi hujumchini taxminan 70 million funt sterlingga (80 million evrodan ortiq) sotishdan bosh tortgan. Ammo nima bo‘lishidan qat’iy nazar, "Bavariya" bu yozda Keynni sotib olishidan umidvor.

Ayrim ishonchli nemis manbalari Keyn Myunxen klubiga o‘tishni xohlayotganini aytishmoqda. Oldinroq “Bavariya” Xarri uchun taxminan 60 million funt (70 million evro) taklif qilgan va u ham rad etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!