"Bavariya" yangi shartnoma bo‘yicha Harri Keynga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi
Manbalarga koʻra, ingliz hujumchisi Harri Keyn myunxenlik «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Yangi bitimga muvofiq, u avvalgidek haftasiga taxminan 475 ming yevro maosh olishda davom etadi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Keyn shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni istagan. U shu orqali kelasi jahon chempionatigacha yuqori darajadagi klubda oʻynashini kafolatlab qoʻymoqchi boʻlgan.
Biroq «Bavariya» faqat 2029 yil yozigacha boʻlgan muddatni maʼqul koʻrgan va muzokaralar yakunida aynan shu variant ustun kelgani aytilmoqda.
Harri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. U bu klubka «Tottenxem» tarkibidan oʻtgan. Nemis jamoasi safida forvard ikki bor Germaniya chempioni, shuningdek, mamlakat kubogi va ikki marta Superkubok sohibi boʻlgan.

Fikrlar