"Bavariya" yozda katta transferni amalga oshirmoqchi
"Bavariya" yozda "Arsenal" futbolchisi Kai Xavertsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Fijaches" nashri bergan ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi germaniyalik hujumchini yozgi transfer oynasida sotib oladigan asosiy transfer maqsadi qilib belgilab olgan. Kaining o‘zi ham "Bavariya"ga o‘tishga qarshi emas.
26 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Xaverts "to‘pchilar" safida 2023 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol kiritdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar