“Bavariya” yulduzi “Oltin to‘p” uchun boshqa klubga o‘tmoqchi

  • 12 sentabr, 2024, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning 21 yoshli hujumkor futbolchisi Jamol Musiala eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun boshqa klubga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.

Mohir o‘yinchi sorvin uchun imkoniyatini oshirish maqsadida Angliya Premer-ligasini tanlagani aytilmoqda.

Sport Bild nashrining yozishicha, nemis futbolchisi o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Manchester Siti” tarkibiga qo‘shilishni mo‘ljallayapti. “Bavariya” jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Musialani saqlab qolmoqchi. Lekin uni ko‘ndirish uchun o‘ta katta maosh taklif qilish kerak bo‘ladi.

Musialaning myunxenliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Agar bu mavsum yangi bitim tuzilmasa, “Bavariya” 130 million evroga baholanayotgan o‘yinchini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!