“Bavariya”ni 13 yildan beri engib bo‘lmayapti
“Bavariya” Chempionlar ligasining guruh/umumiy bosqichidagi so‘nggi 39 ta uy uchrashuvining birortasida ham mag‘lub bo‘lmagan. Bu o‘yinlarda Germaniya grandi 37 ta g‘alaba qo‘zongan va ikki marta durang o‘ynagan.
Rekord 13 yildan beri saqlanib kelmoqda. Bu haqida Squawka ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar berdi.
Joriy mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida Vensan Kompani shogirdlari “Budyo-Glimt”ni 5:0 hisobida tor-mor etdi. Uchrashuv “Arena Myunxen” stadionida bo‘lib o‘tdi. Myunxenliklar safida Jamal Musiala, Harri Keyn, Alfonso Devis va Maykl Olise (dubl) gol urdi.
Keyingi turda “Bavariya” safarda “Viking” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 13 oktyabr kuni Norvegiyaning Stavanger shahridagi “Lyuse Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar