"Bavariya"ning "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvi Tuxel uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin!

  • 19 fevral, 2024, 15:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesliganing 23-turida "Leyptsig”ga qarshi o‘yindan keyin ishsiz qolishi mumkin. Bu haqda T"The Athletic" nashri xabar berdi.

Tecno

Agar "qizillar" ushbu bahsda yutqazadigan bo‘lsa, klub rahbariyati keskin choralar ko‘radi va murabbiyni iste’foga chiqaradi. "Bavariya" ketma-ket uchta bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi: Ikkitasi Bundesligada va bittasi Chempionlar ligasida. Tuxel o‘tgan yilning mart oyidan beri Myunxen grandini boshqarib kelmoqda.

Bundesliganing 22-turidan so‘ng, "Bavariya" 50 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Myunxenliklar peshqadam "Bayer"dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!