
"Bavariya"ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Polshalik hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"ning o‘tgan 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
32 yoshli to‘purar muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan maxsus so‘rovnomada 76,8 foiz ovoz to‘pladi va birinchi o‘rinni egalladi. Bu borada kuchli uchlikdan Tomas Myuller (10,3%) va Yozua Kimmix (6,9%) joy oldi.
Levandovski yakunlangan mavsum "Bavariya" safida jami 40 o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 48 gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Myunxenliklar o‘tgan mavsum Bundesligada chempionlikka erishdi. Levandovski esa liga to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar