
"Bavariya"ning qaysi futbolchilari Germaniya Superkubogini o‘tkazib yuboradi?
"Bavariya" klubining bir qator futbolchilari “Borussiya” Dortmundga qarshi bo‘lib Germaniya Superkubogida ishtirok eta olishmaydi.
Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ertangi o‘yinda hujumchi Serj Gnabri, yarim himoyachi Xavi Martines va himoyachi Lukas Ernandeslar Germaniya chempioniga yordam bera olishmaydi. Gap shundaki, Gnabri va Martines jarohatidan tiklanishmoqda. Ernandes ham mart oyida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan hali to‘liq tiklanib ulgurmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund – “Bavariya” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar