"Bavariya"qimmatbaho yulduz olish uchun 6 ta futbolchisini sotmoqchi

  • 15 iyun, 15:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi bu yozda futbolchilarni sotish orqali yana taxminan 130 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bayern & Germany nashri jurnalistlar Tobi Altshaffle va Kristian Falkning X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga tayanib yozmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar birinchi navbatda himoyachi Kim Min Jeni, yarim himoyachi Joau Palinyani va hujumchi Kingsli Komanni sotmoqchi. Har bir futbolchi taxminan 35 million evroga baholanmoqda.

Bundan tashqari, "Bavariya" zarar ko‘rishga ham tayyor, faqatgina Brayan Saragosa va Sasha Boening ketishini ta’minlash uchun. Shuningdek, klub darvozabon Daniel Peretsni ham sotmoqchi va undan 8 million evro daromad olishni xohlamoqda.

Agar myunxenliklar ushbu rejalarning hech bo‘lmaganda yarmiga erishishsa, ular qimmatbaho narxdagi futbolchini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!