
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Samarqanddagi eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida (15-18-yosh toifasida) bo‘lib o‘tayotgan mamlakat chempionatida 250 nafardan ortiq sportchilar 1000 metr masofaga eshkak eshish bo‘yicha qizg‘in bahs olib borishmoqda.
Mazkur chempionat shu yilning iyun oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga munosib sportchilarni saralab olish imkonini beradi. Musobaqa 11 aprelga qadar davom etadi.
Fikrlar