"Bayer" direktori: Xaverts bo‘yicha hech qanday taklif olmadik
“Bayer” klubi direktori Simon Rolfes jamoa yarim himoyachisi Kay Xaverrtsning transferi masalasidagi so‘nggi yangiliklarni ma’lum qildi.
“Hozircha biz hech qanday taklif olmadik. Ko‘plab jamoalarning unga qiziqayotganidan xabarimiz bor, lekin hali birorta ham rasmiy taklif kelib tushmadi”, - deydi Rolfes.
Bundan avvalroq, 21 yoshli nemis futbolchisiga “Chelsi” 80 mln evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar