"Bayer" etakchisi final ostonasidagi o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi

  • 8 iyun, 2020, 21:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi forvardi Kay Xaverts “Saarbryuken”ga qarshi bo‘ladigan Germaniya kubogi yarim final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Peter Bos “Bavariya”ga (2:4) qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Tecno

“Bu o‘yingacha u tiklana olmaydi, Kay bu uchrashuvda ishtirok etmaydi. Agar u o‘ynashga tayyor bo‘lsa ham, biz tavakkal qilishimizga to‘g‘ri keladi, biz esa bunday qilishni xohlamaymiz. Umid qilamizki, Xaverts yakshanba kuni “Shalke”ga qarshi bo‘ladigan o‘yingacha sog‘ayadi”, - deydi Bos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!