Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Bayer» Grimaldo uchun narx belgiladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Bayer» kelasi yozda shartnomasi tugashi arafasida 30 yoshli himoyachi Alehandro Grimaldoni sotishga tayyor.

«Bayer» 30 yoshli himoyachi Alehandro Grimaldo bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqida insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan ispaniyalik futbolchiga transfer bahosini belgilab bo‘lgan. Grimaldo xizmatlariga qator yetakchi evropalik jamoalar qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Chelsi», «Barselona», Madriddning «Atletiko»si va «Yuventus» kabi klublar bor.

O‘tgan mavsumda Grimaldo barcha musobaqalar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Grimaldo «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yili asosiy jamoa safida debut qilmasdan klubni tark etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q