“Bayer” Xaverts uchun dedlayn belgiladi
“Bayer” klubi o‘z yulduzi Kay Xaverts transferini tezlashtirishni talab qilmoqda. Gap shundaki, leverkuzenliklar 28 avgust kuni mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlariga kirishadi. Ungacha “Chelsi” rahbariyati barchasini hal qilishi kerak.
O‘z navbatida, “aristokratlar” ham germaniyalik yarim himoyachi uchun so‘ralayotgan 100 mln evro mablag‘ni to‘lashga qiynalmoqda. Ular bu summa kamaytirilishidan umidvor. Aks holda, bu transfer amalga oshmasligi mumkin.
21 yoshli nemis xavbeki “Bayer” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda Xaverts 18 ta gol urib, 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar