"Bayer"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi
Germaniya Bundesligasi 22-turidan o‘rin olgan "Xaydenxaym" va "Bayer" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlardan Klyayndinst gol urgan bo‘lsa, Alonso jamoasining gollariga Frimpong va Adli mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Bayer" ayni damda 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Leverkuzenliklar ikkinchi o‘rindagi "Bavariya"dan 8 ochko ilgarilab ketdi.

Fikrlar