BBC triosi qaytdi

Madridning “Real” klubi hujumch chizig‘ida to‘p suruvchi futbolchilar – Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Garet Beyllar kecha Ispaniya La Ligasi 25-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsda gol kiritishdi.

Portugaliyalik superyulduz mazkur bellashuvda dubl qayd etgan bo‘lsa, Benzema va Beyl bittadan golga mualliflik qilishdi.

E’tiborlisi, mazkur trio so‘nggi bor 2016 yilning 16 aprelida “Xetafe”ga qarshi bahsda birgalikda gol kiritishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!