Bektemir Meliqo‘ziev engilmas jangchini to‘xtatish uchun ringga ko‘tariladi

  • 26 aprel, 23:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bektemir Meliqo‘ziev chempionlik kamari yo‘lidagi Eliminator jangini o‘tkazadi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Meliqo‘ziev 30 may kuni o‘zi hamkorlik qiladigan "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi Las-Vegas shahrida tashkil etadigan prof boks oqshomi doirasida ringga qaytadi. 

29 yashar hamyurtimizga o‘sha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi. Jang super o‘rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida o‘tkaziladi. Meliqo‘ziev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Fulgxem to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba (10 KO) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qo‘lga kiritilgan 14 ta g‘alaba (12 KO) bor. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!