Bektеmir Mеliqо‘zіеvnіng mеnеjеrlaridan biri: "Armando Rеsеndis jamоasi Bektеmir bilan jang qilish niyatida emas"

  • 02.01.2026 13:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, amerikalik boks yulduzi Terens Krouford faoliyatini yakunlagach, hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ikkinchi o‘rta vaznda WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanganini ma’lum qilgandik. 

Shundan so‘ng, boks insayderi Jalol Ahmedov telegram kanalida hamyurtimiz va meksikalik Armando Resendis o‘rtasidagi ehtimoliy jang bo‘yicha bokschimizning menejerlaridan biri Alik Frolovdan bir qancha ma’lumot olganini xabar berdi.

“Bektemir majburiy da’vogar maqomiga erishgan bo‘lsa-da, hozircha jang bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘q. Muzokaralar olib borilmoqda. Resendis jamoasi Bektemir bilan jang qilish niyatida emas. Biroq biz unga boshqa jangda ishtirok etishiga ruxsat bermaymiz. Agar kelishuvga erishilmasa, tashkilot promouterlik auksionini belgilaydi”, — deya Frolovning so‘zlarini yozib qoldirgan Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!