Bekxem Suaresni MLSga olib ketmoqchi

  • 04.06.2019 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik mashhur futbol yulduzi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan va yangi mavsumdan e’tiboran MLSdagi ishtirokini boshlaydigan "Inter Mayami" klubi o‘z safiga "Barselona" forvardi Luis Suaresni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Devid Bekxem 32 yoshli urugvaylik to‘purarga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Suares o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!