Bekxemning rekordi tarixga aylanishi mumkin
"Sautgempton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouz kecha APLning 18-turidan o‘rin olgan “Fulxem”ga qarshi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, 28 yoshli futbolchi Angliya premer-ligada jarimadan kiritgan gollari sonini 15-taga etkazib oldi.
Bu boradagi rekord esa Devid Bekxemga tegishli. U premer-ligadagi faoliyati davomida 18 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Jeyms Uord-Prouz APLning joriy mavsumida 17 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar