Bekzod Qurbanov Jahon kubogi finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 04.04.2026 12:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Ot sporti

8-12 aprel kunlari AQSHning Fort-Uert shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli 36 sportchisi ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtdoshimiz Bekzod Qurbanov ham qatnashadi.

Sportchimiz hozirda AQSHga yetib borgan va “Matts VG” laqabli tulpori bilan musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Qayd etish joiz, ushbu turnirda sportchilar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bahs olib borishadi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!