Belarus chempionati. "Energetik-BGU"ning g‘alabasiz seriyasi davom etdi

Bugun Belarus chempionatida 14-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur safarda "Dinamo" Minsk jamoasi mehmoni bo‘ldi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Yaxshiboev 90 daqiqa maydonda to‘p surgan bo‘lsa, Umarov 73-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa, "talabalar"ning g‘alabasiz seriyasi 4 ta o‘yinga etdi.

Belarus chempionati. 14-tur

"Dinamo Minsk" - "Energetik-BGU" 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!