Belarus chempionati. Iminovning "Energetik-BGU"dagi debyuti omadsiz chiqdi

Hozirgina Belarus Oliy ligasi 24-turidan o‘rin olgan "Dinamo Brest" hamda "Energetik-BGU" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Brestskiy" sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Minskliklar safida Shahboz Umarov 90 daqiqa davomida faol harakat qildi. "Talabalar" safiga yaqinda ko‘chib o‘tgan Humoyunmirzo Iminov esa 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, o‘zining yangi jamoasi safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Belarus Oliy ligasi. 24-tur

"Dinamo-Brest" - "Energetik-BGU" 2:1

Gollar: Savitskiy (5, 35) - Girs (16)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!