Belarus chempionati. Yaxshiboev gol urdi, "Energetik-BGU" peshqadam
Bugun Belarus chempionatida 3-tur bahslari davom ettirilmoqda. Hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda Shaxboz Umarovlar faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi o‘z maydonida "Minsk" klubini qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlabki gol 21-daqiqada kiritildi. Yaxshiboevning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga esa Aleksey Nosko birinchi bo‘lib etib kelib, hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Jasur raqib darvozasini ishg‘ol etish orqali hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi.
Yaxshiboev maydonda to‘liq 90 daqiqa harakatlangan bo‘lsa, Umarov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, "Energetik-BGU" hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakkapeshqadamga aylanib oldi. Bugun yana ikkita bahs bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Belarus chempionati / 3-tur
16:00 "Energetik-BGU" - "Minsk" 2:0 #Tugadi
Gollar: Aleksey Nosko (21), Jasur Yaxshiboev (90+2)
"Energetik-BGU": D.Sadovskiy, Nosko, Atemenge (Umarov 74), Shkurdyuk, Sokol, Yaxshiboev, Mavatu, Svirepa, Musaxanyan, Tve, Girs (Yudchits, 46).
Zaxira: Lesko, Miroshnikov, Dias, Sovpel, Bakich.
"Minsk": Leonov, Shramchenko, Xvashinskiy, Gribovskiy, Prishepa (Art.Vasilev, 77), Yarotskiy, Zaleskiy, Al.Vasilev (Ostroux, 36), Chagovets, Sazonchik, Nasibulin.
Zaxira: Veremko, Prishivalko, D.Zinovich, Art.Vasilev, K.Zinovich, Gurban, Malashevich.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan, 25, Sazonchik, 37, Girs, 45+3, Tve, 48, Atemenge, 74, Sadovskiy, 89.
Chetlatish: Musaxanyan, 70 (ikkinchi sariq).
Fikrlar