Belerin uchun kurashda "Inter"ga 2 ta jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 10 aprel, 2020, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi o‘ng qanot himoyachisi Ektor Belerin uchun yana 2 ta grand klub kurashga qo‘shildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Inter"ning ortidan "Atletiko" va "Sevilya" ham kurash boshlagan.

Belerin “Arsenal” safiga 2011 yil “Barselona”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida jami 195 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 25 golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 32 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!