Belgiya murabbiyi Fransiyadan mag‘lubiyat sababini aytdi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel UEFA Millatlar ligasi 2-turida Fransiyadan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men futbolchilarga ularni ayblaydigan hech narsam yo‘qligini aytdim. Ular bizning o‘yin uslubimizni qanchalik tez qabul qilayotganiga qarasangiz, buni juda yaxshi amalga oshirishmoqda. Bu to‘pni yo‘qotganimizda darhol to‘liq orqaga qaytish va shu yerdan yana pressing uchun imkoniyat izlashimiz kerakligini anglatadi.
Biz har bir raqibga qarshi shunday o‘ynashga harakat qilamiz. Agar oldinga bormay, kutib tursangiz, baribir gol o‘tkazib yuborishingiz mumkin. San-Marino yoki Ispaniyaga qarshi o‘ynashimizdan qat’i nazar, o‘yin uslubimiz aniq bo‘lishi kerak.
G‘alaba qozonasizmi yoki yo‘qmi — aynan tafsilotlar hal qiladi. Jahon chempionatida ham shunday bo‘lgan. Ammo biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bir tomondan, albatta, xursandman, boshqa tomondan esa baribir bu o‘yinda mag‘lub bo‘ldik.
Olisening goli? De Küyper vaziyatni qutqarishga harakat qildi, ammo bunday epizodlarda raqibga bosimni kuchaytirish kerak. Ana shunday vaziyatlarda qattiqroq o‘ynash zarur», - dedi van Bommel. Uning so‘zlarini AD nashri keltirdi.
Millatlar ligasi 1-turida Belgiya terma jamoasi Italiyanı 2:0 hisobida mag‘lub etgan, Fransiya esa Turkiyadan 1:0 hisobida ustun kelgan.

Fikrlar