Bellingem elkasidagi og‘riq va qachon operatsiya qildirishi haqida batafsil gapirdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng elkasida operatsiya o‘tkazadi. Ushbu muammo futbolchida 2023 yil noyabridan beri mavjud.
Bellingem holat yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi:
"Hammasi yaxshi, hozir og‘riq unchalik kuchli emas. Finaldan so‘ng yaqin kunlarda operatsiya belgilangan. Bu qarordan xursandman.
Bu holat ancha vaqtdan beri davom etyapti. Men maxsus korset taqib yurdim, lekin endilikda sabrim tugadi.
Shifokorlar va tibbiyot xodimlari juda yaxshi ishlashdi, lekin men bu noqulaylikdan xalos bo‘lishga tayyorman" - deya aytib o‘tdi angliyalik futbolchi.
Fikrlar