
Bellingem "Real"da nechanchi raqamda o‘ynaydi?
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem forma raqamini oldi. Futbolchining rasmiy taqdimot marosimida angliyalik futbolchi 5 raqamda o‘ynashi malum bo‘ldi.Bu raqam avvalroq "Real" bilan 2025-yilgacha shartnoma imzolagan himoyachi Xesus Valexoga tegishli edi.
"Qirollik klubi"da 5 raqamda Rafael Varan, Fabio Koentrau va keyinchalik jamoada murabbiy bo‘lib ishlagan va uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Zinedin Zidan kabi futbolchilar o‘ynashgan.
Bellingem "Real"ga 103 million evroga tushdi, ammo kelajakda bu miqdor bonuslar hisobiga oshirilishi mumkin.
Fikrlar