Bellingemning tanlovi ma’lum, u Angliyada o‘ynamoqchi

  • 25.12.2022 09:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining o‘sib borayotgan yulduzi Jud Bellingem o‘z karerasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. "Daily Mail"ning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi "Manchester Siti " o‘tishni istamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Bellingem "shaharliklar" tarkibida shaxsiy rivojlanishni xohlaydi, shuning uchun"Liverpul" va "Real" takliflarini rad etishga tayyor.

Angliyalik yarim himoyachi "Borussiya" tarkibida 2020 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Dortmundliklar safida 112 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Judning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!